Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda “Oferta”) “SUVAN NET” MChJ tomonidan AllDomains savdo belgisi ostida (keyingi o‘rinlarda “AllDomains”) domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, uzaytirish, transfer qilish, tiklash, WHOIS Privacy, DNSSEC va boshqa tegishli xizmatlar hamda texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish haqida rasmiy taklif hisoblanadi. Oferta cheklanmagan doiradagi shaxslarga yo‘naltirilgan va abonent tomonidan qabul qilingandan boshlab shartnoma kuchiga ega bo‘ladi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Oferta AllDomains va abonent o‘rtasida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, kuzatib borish va boshqarish xizmatlari ko‘rsatilishi jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
1.2. Ofertani qabul qilish to‘lovni amalga oshirish, https://alldomains.uz/uz saytida akkaunt ro‘yxatdan o‘tkazish yoki AllDomains xizmatlaridan amalda foydalanish orqali amalga oshiriladi.
1.3. Xizmatlar ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) talablari, shuningdek gTLD va ccTLD reyestrlari siyosatlari asosida ko‘rsatiladi. Bunga Verisign, PIR, Identity Digital, CentralNic, GMO Registry, Tucows Registry Services, Nominet, ShortDot SA, Internet Naming Co., Amazon Registry, Google Registry, GoDaddy Registry va boshqa milliy hamda mintaqaviy reyestrlar kiradi. Har bir reyestr talablari ICANN saytida mavjud https://www.icann.org/resources/pages/registries/registries-agreements-en.
2. Atamalar va ta’riflar
2.1. Abonent — ushbu Ofertani qabul qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
2.2. AllDomains — domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, uzaytirish va boshqarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “SUVAN NET” MChJ.
2.3. Reyestr — ma’lum bir domen zonasini (TLD/ccTLD) boshqaruvchi tashkilot.
2.4. Reseller — AllDomains platformasi yoki API orqali xizmatlarni qayta sotuvchi hamkor.
2.5. Domenni ro‘yxatdan o‘tkazish — domen nomini tegishli reyestr bazasiga kiritish.
2.6. WHOIS Privacy — domen egasining shaxsiy ma’lumotlarini ommaviy ko‘rinishdan himoya qilish xizmati.
2.7. DNSSEC — DNS yozuvlarining haqiqiyligi va yaxlitligini ta’minlash uchun raqamli imzo texnologiyasi.
3. Ofertaning predmetı
3.1. AllDomains abonentlarga domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, uzaytirish, transfer qilish, tiklash va boshqarish, WHOIS Privacy, DNSSEC, DNS xosting, texnik yordam va boshqa qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi.
3.2. Ushbu Oferta ICANN Registrar Accreditation Agreement (RAA 2013) https://www.icann.org/resources/pages/approved-with-specs-2013-09-17-en hamda ICANN konsensus siyosatlariga https://www.icann.org/resources/pages/registrars/consensus-policies-en muvofiq tuzilgan.
4. Reyestr-registrator kelishuvlari
4.1. AllDomains domen reyestrlari operatorlari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida faoliyat yuritadi va ro‘yxatga olish hamda boshqarish tartiblarini bajaradi.
4.2. Har bir reyestr domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, uzaytirish va tiklash bo‘yicha o‘z qoidalari va muddatlarini belgilaydi, abonent ulariga rioya etishi shart.
4.3. Ushbu Oferta shartlari bilan muayyan reyestr talablari o‘rtasida tafovut bo‘lsa, reyestr talablari ustun hisoblanadi.
4.4. Barcha reyestrlar va ularning kelishuvlari ro‘yxati ICANN saytida keltirilgan https://www.icann.org/resources/pages/registries/registries-agreements-en.
5. Ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarning huquq va majburiyatlari
5.1. Abonent ICANN RAA va reyestr siyosatlariga muvofiq domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, uzaytirish va transfer qilish huquqiga ega.
5.2. Abonent domen holati, WHOIS ma’lumotlari va amal qilish muddati bo‘yicha ma’lumot olish huquqiga ega.
5.3. Abonent WHOIS Privacy va amaldagi qonunchilik doirasida shaxsiy ma’lumotlar himoyasiga ega.
5.4. Abonent qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish va suiiste’mol hamda siyosat buzilishi bo‘yicha shikoyat yuborish huquqiga ega.
5.5. Abonent ICANN Transfer Policy asosida asossiz cheklovlarsiz registratorni almashtirish huquqiga ega.
5.6. Abonent aniq va yangilanib turuvchi ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini taqdim etishi shart.
5.7. Abonent domen nomidan noqonuniy maqsadlarda, mualliflik huquqlarini buzish, zararli kontent yoki fishing tarqatish uchun foydalanmasligi shart.
5.8. Abonent ICANN va reyestrlar talablariga rioya etishi shart.
5.9. Ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarning to‘liq huquq va majburiyatlari ICANN saytida e’lon qilingan https://www.icann.org/resources/pages/benefits-2013-09-16-en.
6. Domen nizolarini ko‘rib chiqish siyosati (UDRP va URS)
6.1. Tovar belgisi huquqlari bilan bog‘liq nizolarda Uniform Domain Name Dispute Resolution Policy (UDRP) qo‘llaniladi https://www.icann.org/resources/pages/help/dndr/udrp-en.
6.2. Yangi gTLD zonalarida Uniform Rapid Suspension System (URS) ham qo‘llaniladi https://www.icann.org/resources/pages/urs-2014-01-09-en.
6.3. Abonent ICANN tomonidan akkreditatsiya qilingan arbitraj provayderlari yurisdiksiyasini qabul qiladi va UDRP/URS qarorlariga rioya etadi.
6.4. UDRP yoki URS bo‘yicha shikoyat kelib tushganda AllDomains abonentni xabardor qiladi va arbitraj provayderi bilan hamkorlik qiladi.
6.5. AllDomains nizo tomonlaridan biri emas, biroq yakuniy qarorlarga muvofiq domenni to‘xtatish, o‘tkazish yoki o‘chirish choralarini bajaradi.
7. Data Escrow va ma’lumotlarni saqlash
7.1. AllDomains ma’lumotlarning xavfsizligi va tiklanishini ta’minlash maqsadida zaxira nusxalarni ICANN tomonidan tasdiqlangan Data Escrow provayderlariga muntazam topshiradi.
7.2. Data Escrow doirasida domen, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi shaxs, administrator va amal qilish muddatlari haqidagi ma’lumotlar uzatiladi.
7.3. Uzatishlar ICANN Registrar Data Escrow Specification talablariga muvofiq amalga oshiriladi https://www.icann.org/resources/pages/approved-with-specs-2013-09-17-en#data-escrow.
7.4. Ushbu Ofertani qabul qilish orqali abonent bunday uzatishlarga rozilik bildiradi.
8. Ro‘yxatdan o‘tkazish, uzaytirish va transfer
8.1. Abonent ICANN va tegishli reyestrlar talablariga muvofiq aniq va to‘liq ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
8.2. Kontakt ma’lumotlarini tasdiqlash ICANN WHOIS Accuracy Program Specification asosida amalga oshiriladi https://www.icann.org/resources/pages/approved-with-specs-2013-09-17-en#whois-accuracy.
8.3. Uzaytirish, tiklash va o‘chirish tartiblari ICANN Transfer Policy hamda tegishli reyestr qoidalariga muvofiq bajariladi https://www.icann.org/resources/pages/transfer-policy-2016-06-01-en.
8.4. Ayrim reyestrlar qo‘shimcha hujjatlar yoki mahalliy ishtirokni talab qilishi mumkin. Abonent bunday talablarga rioya etadi.
9. Domen transfer qilish tartibi
9.1. Abonent domenni ICANN Transfer Policy va reyestr qoidalariga muvofiq boshqa akkreditatsiyalangan registratorga o‘tkazishi mumkin.
9.2. Transfer uchun avtorizatsiya kodi (Auth Code) shaxsiy kabinet yoki qo‘llab-quvvatlash orqali so‘raladi.
9.3. Transfer faqat qarzdorlik, bloklash holati (lock) va nizolar bo‘lmaganda amalga oshiriladi.
9.4. AllDomains ICANN Transfer Policy ruxsat bergan hollarda, jumladan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan yoki kontakt ma’lumotlari o‘zgartirilgandan keyingi 60 kun ichida transferni rad etishi mumkin.
9.5. Boshqa registratordan kiruvchi transfer yakunlanganda AllDomains abonentni xabardor qiladi va boshqaruv imkoniyatini taqdim etadi.
10. Registratorlararo nizolarni hal etish (TDRP)
10.1. Domen transferi yuzasidan registratorlar o‘rtasidagi nizolar ICANN Transfer Dispute Resolution Policy (TDRP) bo‘yicha ko‘rib chiqiladi https://www.icann.org/resources/pages/tdrp-2012-02-25-en.
10.2. Abonent nizoni ko‘rib chiqish boshlanganidan xabardor qilinadi va egalikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi mumkin.
10.3. TDRP bo‘yicha qabul qilingan qarorlar tomonlar uchun majburiydir.
11. Domenni tiklash
11.1. Uzaytirish muddati o‘tkazib yuborilganda, abonent ICANN va reyestr belgilagan Redemption Grace Period davomida domenni tiklashi mumkin.
11.2. Tiklash shaxsiy kabinet yoki qo‘llab-quvvatlash orqali so‘raladi va https://alldomains.uz/uz saytida ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lovlar asosida amalga oshiriladi.
11.3. Redemption davri tugagach yoki domen reyestr bazasidan o‘chirilgach, tiklash kafolatlanmaydi.
12. WHOIS Privacy va DNSSEC
12.1. WHOIS Privacy va DNSSEC xizmatlari ICANN va reyestr qoidalariga muvofiq taqdim etiladi. Ayrim reyestrlarda ular pulli qo‘shimcha xizmat hisoblanadi.
12.2. WHOIS Privacy barcha zonalarda ham mavjud emas, uning taqdim etilishi reyestr siyosati va mahalliy qonunchilik bilan belgilanadi.
12.3. DNSSEC ni yoqish va to‘g‘ri sozlash uchun abonent mas’ul. Noto‘g‘ri sozlash oqibatidagi xatoliklar uchun AllDomains javobgar emas.
13. Xizmat ko‘rsatish tartibi va to‘lov
13.1. To‘lovlar oldindan amalga oshiriladi, milliy valyuta UZS yoki chet el valyutasi USD da, mavjud to‘lov tizimlari orqali.
13.2. Xizmat narxlari va muddatlari https://alldomains.uz/uz saytida keltirilgan tariflarga muvofiq belgilanadi.
13.3. Xizmat domen reyestrida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki uzaytirilgan vaqtdan boshlab ko‘rsatilgan deb hisoblanadi.
13.4. Bajarilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi. Qaytarish faqat AllDomains aybi bilan xizmat ko‘rsatilmagan va domen reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan holatlarda mumkin.
13.5. To‘lov shartlari buzilganda, noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganda yoki ICANN siyosatlari buzilganda AllDomains xizmatlarni to‘xtatib turishi mumkin.
14. Tomonlarning javobgarligi
14.1. AllDomains uchinchi shaxslar harakatlari, internetdagi nosozliklar, reyestrlar faoliyatidagi uzilishlar yoki fors-major holatlari uchun javobgar emas.
14.2. Har bir hodisa bo‘yicha AllDomains javobgarligi tegishli xizmat uchun abonent tomonidan oxirgi 12 oy ichida to‘langan summadan oshmaydi.
14.3. Abonent domenlardan qonuniy foydalanish va sayt mazmuni uchun, jumladan mualliflik va turdosh huquqlar, tovar belgisi va uchinchi shaxslar huquqlariga rioya etish uchun javobgar.
14.4. Mualliflik huquqlarini buzish, noqonuniy kontent yoki noqonuniy maqsadlarda foydalanish holatlarida, vakolatli organlar, ICANN yoki reyestr talabi bilan AllDomains domenni to‘xtatishi yoki o‘chirishi mumkin.
14.5. Abonent ro‘yxatdan o‘tkazilgan domenlar bilan bog‘liq uchinchi shaxslar da’volari oqibatida AllDomains ko‘rgan zararni qoplaydi.
15. Resellerlar uchun shartlar
15.1. Resellerlar ICANN siyosatlariga, jumladan RAA §3.12 “Reseller Responsibilities” ga rioya etishi shart.
15.2. Resellerlar o‘z mijozlari oldida ICANN va reyestr talablariga to‘liq muvofiqlik uchun javobgar.
15.3. AllDomains API kirishi, test muhiti va integratsiya hujjatlarini taqdim etadi.
15.4. Reseller mijozlarni ICANN siyosatlari haqida xabardor qiladi va Data Accuracy, Privacy hamda Abuse Reporting talablari bajarilishini ta’minlaydi.
15.5. Qoidabuzarlik API kirishini to‘xtatib turish yoki hamkorlikni bekor qilishga olib kelishi mumkin.
16. Maxfiylik siyosati va ma’lumotlarni himoya qilish
16.1. Shaxsiy ma’lumotlar O‘zbekiston qonunchiligi va ICANN Data Retention Specification talablariga muvofiq qayta ishlanadi https://www.icann.org/resources/pages/approved-with-specs-2013-09-17-en#data-retention.
16.2. AllDomains abonent ma’lumotlarini ICANN, reyestrlar va Data Escrow provayderlari talablari doirasida zarur hajmda uzatadi.
16.3. Ushbu Ofertani qabul qilish bunday uzatishlarga rozilikni bildiradi.
17. Mualliflik huquqi bo‘yicha shikoyatlar tartibi
17.1. AllDomains intellektual mulk huquqlarini hurmat qiladi va DMCA hamda shunga o‘xshash xalqaro tartiblarga amal qiladi.
17.2. Rasmiy shikoyat kelib tushganda, AllDomains tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rashi va domen egasini xabardor qilishi mumkin.
17.3. Buzilish tasdiqlansa, nizo bartaraf etilguncha yoki vakolatli organlar yakuniy qarori chiqquncha domen vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
17.4. Mualliflik huquqi bo‘yicha shikoyatlar abuse@alldomains.uz manziliga yuboriladi. Shikoyatda shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar, huquq egaligini tasdiqlovchi dalillar, buzuvchi kontent yoki domen ko‘rsatilishi va halollik bayonoti bo‘lishi kerak.
17.5. Zarurat bo‘lsa, AllDomains shikoyatni tegishli reyestr yoki ICANN Compliance ga yo‘naltirishi mumkin.
18. Shikoyatlar va murojaatlar
18.1. Suiiste’mol, spam, fishing yoki siyosat buzilishlari bo‘yicha barcha shikoyatlar abuse@alldomains.uz manziliga yuboriladi.
18.2. Shikoyatlar odatda qabul qilingandan boshlab 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
18.3. Shikoyat yuborish tartibi https://alldomains.uz/uz/abuse sahifasida e’lon qilingan.
19. Fors-major
19.1. Tomonlar majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmasligi fors-major holatlari tufayli yuzaga kelganda javobgarlikdan ozod etiladi.
20. Nizolarni hal etish va qo‘llaniladigan huquq
20.1. Barcha nizolar avvalo muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi, kelishuvga erishilmasa O‘zbekiston Respublikasi sudlarida ko‘rib chiqiladi.
21. Oferta shartlarini o‘zgartirish
21.1. AllDomains ushbu Ofertaga o‘zgartirishlar kiritishi va yangilangan nusxani https://alldomains.uz/uz saytida e’lon qilishi mumkin.
21.2. Aks holda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, o‘zgartirishlar e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
21.3. O‘zgartirishlardan keyin xizmatlardan foydalanishni davom ettirish abonentning yangilangan Ofertani qabul qilganini anglatadi.
22. Ijrochi rekvizitlari
“SUVAN NET” MChJ
Manzil: 100007, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Olmochi ko‘chasi, 25
Telefonlar: +998 78 113 44 54 / +998 99 877 44 54
Elektron pochta: info@alldomains.uz
STIR: 301551793
Bank: ATIB “Ipoteka-bank”
Bank kodi: 00901
UZS hisobi: 20208000104839322001
USD hisobi: 20208840304839322006
SWIFT: UZHOUZ22
Ommaviy oferta 2025 yil 1 yanvardan kuchga kirgan.
Eslatma Hujjatda ICANN materiallariga havolalar keltirilgan. Reyestr siyosatlari va talablarining dolzarbligini ICANN rasmiy sahifalarida vaqti-vaqti bilan tekshirib turishni tavsiya etamiz.